Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Ilya PitalevPortfel chinovnika, foto iz arxiva
Portfel chinovnika, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
Akmal Mirzayev Sardoba tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Akmal Mirzayev O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U bu lavozimga 2018-yil 28-may kuni tayinlangan.
Bundan tashqari, Akmal Mirzayev O‘zbekiston prezidenti devoni Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat sho‘’basi yetakchisi inspektori bo‘lib ishlagan. Undan avval esa Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Akmal Mirzayev 1971-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini (kunduzgi), 2003-yilda tamomlagan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Yangiliklar lentasi
0