“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” mukofoti ta’sis etildi

© SputnikSlot "Molodejniy turizm"
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi – tafsilotlar.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. San’at sohasidagi ijodkorlarni taqdirlash maqsadidaYangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti ta’sis etilmoqda. Bu haqida Hukumatning 594-sonli qarori qabul qilindi.
Milliy mukofot bilan taqdirlash har yili an’anaviy tarzda bir marta ijodkorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Quyidagi soha vakillari Milliy mukofotga nomzod bo‘lishi mumkin:
Teatr, sirk,
Musiqa sohasining estrada, an’anaviy akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik;
Raqs;
Tasviriy va amaliy san’at;
Badiiy ijod hamda madaniyat;
San’atning boshqa yo‘nalishlari.
Milliy mukofot nominatsiyalari (jami 20 ta nominatsiya) Milliy mukofot komissiyasi xulosasi va keng jamoatchilik tanlovi asosida har yili 10-yanvardan 10-fevralgacha tanlab olinadi.
Saralash natijalaridan o‘tgan va eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 nafar nomzod ro‘yxati 15-dekabrdan 10-yanvarga qadar ijtimoiy tarmoqlarga keng jamoatchilik ovoz berishi uchun joylashtiriladi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha nomzodlarga jamoatchilik tomonidan berilgan jami ovozlar sonidan 30 foizi inobatga olinib, yakuniy xulosaga qo‘shiladi va natijalar umumlashtiriladi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Ularga Mukofot maxsus statuetkasi hamda sertifikat topshiriladi.
G‘oliblar 25-yanvar kuni taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0