Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar xorijda malaka oshiradi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Kasbiy imtihonlar
Kasbiy imtihonlar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi – tafsilotlar.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishadi. Bu haqida Hukumatning 599-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.
Hujjatda paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi.
Mutaxassislarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
pedagogik qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash;
maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish.
Mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish);
ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
xorijda tajriba orttirish;
mustaqil o‘qib bilim orttirish;
masofaviy ta’lim.
Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng Institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0