Sopolda bitilgan tarix. Kulolchilikda o‘z uslubini yaratgan usta bilan suhbat

© Foto iz lichnogo arxiva Toxira XaydarovaTohir Haydarov. Keramika.
Tohir Haydarov. Keramika.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Temuriylar, Boburiylar, Xorazmshohlar, Qo‘qon, Buxoro, Xiva xonllari hamda payg‘ambarlar shajarasini sopol buyumlarga tushirgan usta Tohirjon Haydarov bilan suhbat.
TOShKENT, 18 okt - Sputnik. O‘zbek milliy madaniyatining eng yorqin namunalaridan biri bu kulolchilik san’ati hisoblanadi. O‘zbekistonda kulochilikning Rishon va G‘ijduvon kabi yirik markazlari bor.
© Foto iz lichnogo arxiva Toxira XaydarovaTohir Haydarov. Keramika.
Tohir Haydarov. Keramika.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika.
“Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda “Hunarmandlar” uyushmasi a’zosi usta kulol Tohirjon Haydarov "Rishton" kulolchilik maktabidan yetishib chiqqan va o‘ziga xos, betakror uslubini yarata olgan ustalardan biri. Sputnik muxbiri usta kulol bilan hunar sirlari haqida suhbatlashdi
“Kulolchilik bu oddiy hunar emas, bu taqdir. O‘smirlik paytimda Rishton kutubxonasida rassom bo‘lib ishlardim. 1987-yili O‘zbekiston xalq ustasi, ustozim Nabijon Qodirov ustaxonasiga taklif etganlar, men u yerga borib kulolchilik buyumlarini ko‘rdim va bu hunarga chin mehrim tushib qoldi. Asta-sekin kulolchilik sirlarini o‘rgana boshladim”, dedi usta Tohirjon Haydarov.
© Foto iz lichnogo arxiva Toxira XaydarovaTohir Haydarov. Keramika.
Tohir Haydarov. Keramika.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika.
Kulol 5-6 yil kulolchilik maktabida ta’lim oldi. Buyumlarga igna bilan bezash uslubiga asos soldi va bugungi kunda o‘ziga xos uslubdan foydalanib kelmoqda.
Aksariyat kulollar ajdodlardan meros qolgan usullarda, asosan turli tabiiy bo‘yoqlar va ishqorlar yordamida buyumlarni bezatishadi. Tohirjon Haydarov esa o‘z buyumlariga igna bilan miniatura tasvirlarini chizadi, mayda va mayin naqshlar tushiradi.
© Foto iz lichnogo arxiva Toxira XaydarovaTohir Haydarov. Keramika.
Tohir Haydarov. Keramika.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika.
“Inson sopolni qo‘lga olib oddiy buyumdek qaraydi, lekin tuproqdan yasalgan bu buyumlar insoniyat tarixining eng qadimiy ashyolari sanaladi. Hozirga kelib Rishton kulolchilik maktabi ko‘p tarmoqli bo‘lib ketdi. Mening yo‘nalishim noa’naviy bo‘lib, hozirda ko‘plab shogirdlar bilan ishlamoqdaman”, dedi usta.
© Foto iz lichnogo arxiva Toxira XaydarovaTohir Haydarov. Keramika.
Tohir Haydarov. Keramika.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika.
Kulol buyumlarni Rishton soz tuprog‘idan yasaydi. Jarayon murakkab qo‘l mehnatini talab qiladi. Unda maysalarni yondirib, undan olingan tabiiy bo‘yoqlardan foydalaniladi. Hozirda xorijdan kukun (poroshok) holida olib kelinadigan sun’iy bo‘yoqlar ko‘paygan. Ustaning aytishicha, sun’iy bo‘yoqlar tayyorlashda tabiiy mahsulotlar ham ishlatiladi.
© Foto iz lichnogo arxiva Toxira XaydarovaTohir Haydarov. Keramika.
Tohir Haydarov. Keramika.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika.
Rishton kulolchilik buyumlari asosan moviy va zumrad rangda bo‘lgan. Bu rangdagi ishqorlar mislarni kuydirish evaziga olingan. Hozirga kelib xorijiy mamlakatlardan 7-8 xil ranglar kirib keldi, ularga gulbo‘ta (ko‘mirning chaqindisi) qo‘shiladi.
“Eng katta shogirdim bu farzandim Timur Haydarov. Xalqaro tanlovlarga muntazam ravishda qatnashadi. Hozirda talaba bo‘lsa ham kulolchilik kasbiga qattiq mehr qo‘ygan. 2021-yili “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan”, dedi Haydarov.
Usta birinchilardan bo‘lib 2017-yilda Respublikadagi xususiy kulolchilik muzeyini tashkil etgan. Unda shogirdlari bilan kulolchilik buyumlarini yasashadi. Muzey ichida kutubxona ham joylashgan, u yerda 2000 dan ortiq kitoblar saqlanadi.
© Foto iz lichnogo arxiva Toxira XaydarovaTohir Haydarov. Keramika.
Tohir Haydarov. Keramika.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika.
Uy muzeyiga Rossiya, Malayziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Markaziy Osiyo, Amerika, Yevropa mamlakatlaridan sayyohlar tashrif buyuradi.
“Men uy muzeyida tabiiy atmosferani yaratishga harakat qildim. Bu yerda eng noyob eksponatlardan biri tashqari tarafdagi Qo‘qon aravalari sanaladi, ularni yonida qadimiy kelilar turibdi”, dedi Tohirjon aka.
Usta 12 ta shajarani 24-yil ichida sopol buyumlarga tushirgan. Unda Temuriylar, Boburiylar, Xorazmshohlar, Qo‘qon, Buxoro, Xiva xonligi shajaralari o‘rin olgan. Ular orasida eng kattasi Qur’oni Karimdagi payg‘ambarlar shajarasini tushirgan va bu xalqaro darajada katta qiziqish uyg‘otgan.
© Iz lichnogo arxiva Tohira HaydarovaTohir Haydarov. Keramika
Tohir Haydarov. Keramika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika
Tohirjon Haydarov sopol buyumlarga ijodkorlarning ibratli hikmatlarini yozadi. Bu jarayon hatto yillab vaqtni oladi. Birgina Bobur aksi tushirilgan laganni yaratishga 9 oy vaqt sarflangan.
“Buyumlar har kuni yasaladi, biroq oddiy buyum yasashda ham yangilik yaratish uchun yillar kerak bo‘ladi. Masalan Bobur aksini tushirib lagan yasayotganimda uning davriga xos naqshlar, ranglar palitrasi, liboslar bichimi, inson ruhiyatini beruvchi tarixiy rakurslarni o‘rgandim. Kulol o‘zi yasayotgan har bir buyumga mehr va jilo bersa, undan san’at asari yaraladi”, deydi usta kulol.
© Iz lichnogo arxiva Tohira HaydarovaTohir Haydarov. Keramika
Tohir Haydarov. Keramika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Tohir Haydarov. Keramika
Ma’lumot uchun, hozirda usta Tohirjon Haydarovning faoliyati haqida taniqli kinorejissor Ibrohim Rasulov boshchiligida “Kulolning armoni” nomli badiiy film ishlash uchun tayyorgarliklar ketmoqda.
Yangiliklar lentasi
0