WSJ “Shimoliy oqim”dagi portlashlar bo‘yicha tergovning ilk natijalarini ma’lum qildi

© KustbevakningenMesto utechki na gazoprovode "Severniy potok"
Mesto utechki na gazoprovode Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Tergovchilar avariyaga aloqador shaxslarni aniqlay olmadi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Nemis tergovchilari “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2” quvurlaridagi portlashlar qo‘poruvchilik tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi, biroq ular buni kim sodir etganini hali aniqlay olmadi, deb yozmoqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib.
“Tergovchilar avariyaga aloqador shaxslarni aniqlay olmadi”, deyiladi xabarda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi rasmiylar portlashlar sodir bo‘lgan hududda NATO harbiy-dengiz kuchlari suv osti kemalarining diqqat bilan kuzatilganini ta’kidlab, qo‘poruvchilikni suv osti kemasi amalga oshirgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emasligini aytmoqda.
“Nazariyalardan biri shundaki, portlovchi qurilmalar kemadan tushirilgan va masofadan turib ishga tushirilgan”, deydi Germaniya rasmiylari.
Hujumlar 26-sentabr kuni birdaniga Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikkita gaz quvuri – “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2”ga uyushtirildi. Germaniya, Daniya va Shvetsiya maqsadli qo‘poruvchilikni istisno qilmaydi. Kreml voqeani xalqaro terrorchilik harakati deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0