Amerika buzishni biladi, lekin yarata olmaydi – “Yeni Şafak”

© Sputnik / Mariya DevaxinaGosudarstvenniy flag SShA na zdanii posolstva Soyedinennix Shtatov Ameriki v RF na Novinskom bulvare v Moskve.
Gosudarstvenniy flag SShA na zdanii posolstva Soyedinennix Shtatov Ameriki v RF na Novinskom bulvare v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
“Yeni Şafak” gazetasi sharhlovchisiga ko‘ra, Amerika rasmiylarining muammosi Vashington dunyoni o‘zi qanday tasavvur qilsa, shunday ko‘rishida.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Vashington ittifoqchilarini ularning manfaatlariga hurmatsizlik qilib, kuch ishlatib, yo‘qotmoqda, deb yozadi Turkiyaning “Yeni Şafak” gazetasi sharhlovchisi Abdulla Muradoglu.
“Xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham ishonch markaziy tushunchadir. Qo‘pollik bilan na ishonch va na hurmatni qozonib bo‘lmaydi”, - deydi Muradoglu.
Uning fikricha, davlatlar o‘zlari himoya qilayotgan xalqaro tartib qoidalarini hisobga olmaydi. Amerika rasmiylarining muammosi Vashington "dunyoni o‘zi qanday tasavvur qilsa, shunday ko‘rishida".
“O‘zingizni boshqaning o‘rniga qo‘yib ko‘ring” degan ibora bor. Amerika bunday qilmaydi. Dunyoga Amerikadan boshqacha qaraydiganlar uning dushmani deb e’lon qilinadi. Amerika buzishni biladi, lekin yarata olmaydi, u tartib o‘rnatishga qodir emas. Afg‘oniston va Iroqdagi “millat qurish loyihalari” behuda ketdi”, - deydi u.
Muradogluning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning jahon sahnasidagi harakatlari “millionlab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan”. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarix “kibr, kuch va aldanishning zaharli birikmasi jamiyatlarni halokatga olib kelgan” misollarini allaqachon biladi.
“Amerika "Titanik"ga o‘xshaydi, u cho‘kib bo‘lmaydigandek tuyuldi. Yo‘lovchilar o‘z hayotlarini saqlab qolish uchun qayiqlarga tiqilgan bo‘lsa, kema orkestri hech narsa bo‘lmagandek kamera musiqasini ijro etadi”, - deya xulosa qildi kuzatuvchi.
Yangiliklar lentasi
0