Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev taqiqlangan harbiy harakatlarga o‘tmoqchi - general Surovikin

© Ministerstvo oboroni RFGeneral-polkovnik Sergey Surovikin
General-polkovnik Sergey Surovikin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Kiyev Xerson viloyatida taqiqlangan harbiy amaliyotlardan foydalanishga tayyorlanmoqda, dedi Sergey Surovikin.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Kiyev rejimi Xerson viloyatida urushning ta’qiqlangan usullarini qo‘llashi mumkin, shuningdek, Kiyev tomonidan Kaxovskaya GESi to‘g‘oniga yirik raketa hujumiga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumotlar bor, dedi Maxsus operatsiya hududidagi birlashgan qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni, armiya generali Sergey Surovikin.
Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari Xersonga nishon tanlamasdan yoppasiga raketa va artilleriyadan katta zarba berish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda, dedi general.

“Bu harakatlar yirik sanoat markazi infratuzilmasi vayron bo‘lishiga va tinch aholi orasida katta talofatlarga olib kelishi mumkin," - dedi Surovikin.

Harbiy qo‘mondon aytishiga ko‘ra, NATO Kiyevdan har qanday yo‘qotishlarga qaramasdan Xersonga hujum qilishni talab qilayotganini ta’kidladi.
"NATO Kiyev rejimi va Ukraina Qurolli Kuchlarida, tinch aholi va askarlar orasida qanday talofat bo‘lishidan qat’iy nazar, Xerson yo‘nalishi bo‘yicha hujum o‘tkazishni talab qilib kelmoqda", - dedi birlashgan kuchlar qo‘mondoni.

Xersonda hozir vaziyat qanday?

"HIMARS raketa zarbalari Antonovskiy ko‘prigi va Kaxovskaya GESining to‘g‘oniga zarar yetkazdi, ularning harakati to‘xtatildi. Natijada shaharda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish qiyinlashmoqda, suv va elektr ta’minotida muayan muammolar yuzaga keldi. Bularning barchasi nafaqat fuqarolarning hayotini sezilarli darajada murakkablashtiradi, balki ularning hayotiga bevosita tahdid soladi”, dedi Surovikin.
"Bunday sharoitlarda bizning asosiy vazifamiz tinch aholining hayoti va sog‘lig‘ini saqlashdir. Shuning uchun, birinchi navbatda, Rossiya armiyasi Rossiya hukumati tomonidan tayyorlanayotgan ko‘chirish dasturi bo‘yicha aholining xavfsiz, allaqachon e’lon qilingan chiqib ketishini ta’minlaydi ", - dedi u.
Viloyat markazi, Xerson shahri haqida gapirar ekan, Surovikin Rossiya armiyasining unga nisbatan rejalari va harakatlari rivojlanayotgan harbiy-taktik vaziyatga bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi.
"Biz ongli ravishda, o‘z vaqtida, qiyin qarorlar qabul qilinishini istisno qilmasdan harakat qilamiz", dedi Surovikin.

Qurolli Kuchlarning harakatlari haqida

Bundan tashqari, Sergey Surovikinning aytishicha, Kiyev rejimi barcha mavjud zaxiralarni oldingi chiziqqa tortib, Rossiya armiyasi mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilmoqda. Biroq, buning uchun Ukraina Qurolli Kuchlari to‘liq tayyorgarlik kursini tugatmagan hududiy mudofaa jangchilaridan foydalanadi.
"Aslida Ukraina rahbariyati ularni halokatga mahkum etadi. Qoidaga ko‘ra, bunday bo‘linmalarning jangovar qobiliyati past. Front chizig‘idan qochishning oldini olish uchun Ukraina hukumati millatchi otradlardan foydalanadi, ular jang maydonini tark etishga uringan har bir kishini otib tashlaydi", - dedi Surovikin.
Ukraina Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga uchramoqda, dedi general.
"Har kuni dushmanning yo‘qotishlari 600 dan 1000 kishigacha bo‘lmoqda. Bizning strategiyamiz boshqacha. Oliy Bosh Qo‘mondon bu haqda allaqachon gapirgan. Biz tezlik bilan oldinga yurishga intilmaymiz. Biz har bir askarni himoya qilgan holda, “hujumga o‘tayotgan dushmanni birma-bir yakson qilmoqdamiz. Shunday qilib, biz nafaqat askarlarimiz orasida yo‘qotishlarini kamaytiramiz, balki tinch aholi orasida ham qurbonlar sonini ham sezilarli darajada kamaytiramiz”, — deya tushuntirdi Surovikin.

Rossiya armiyasi kuchayib bormoqda

Rossiya armiyasi hozirda zaxiralar yaratib, mudofaa pozitsiyalarini qurmoqda, dedi armiya generali.
– Ayni paytda birlashgan kuchlar guruhi qo‘shinlar va harbiy qismlarning jangovar va son qudratini mustahkamlash, qo‘shimcha zaxiralarni yaratish, mudofaa liniyalari va barcha kontakt liniyalari bo‘ylab pozitsiyalarni jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
Ukraina qo‘shinlarining jangovar qobiliyatiga ta’sir etuvchi harbiy obyektlar va infratuzilma obyektlariga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar berish davom etmoqda, dedi Surovikin.
Shuni yodda tutish kerakki, Rossiya qo‘shinlarining dushmani Ukraina xalqi emas, balki jinoyatchi Kiyev rejimidir, dedi Surovikin.
“Ukrainaliklar va biz - bir xalqmiz. Biz faqat bir narsani xohlaymiz, Ukraina G‘arb va NATOdan xoli va Rossiya uchun do‘st bo‘lgan davlatga aylanishini”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, bugun Xerson viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Vladimir Saldo Berislav, Belozerskiy, Snigirevskiy va Aleksandrovskiy tumanlari tinch aholi aholisini Dneprning chap qirg‘og‘iga uyushgan holda ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qilgan edi.
Viloyat rahbarining ta’kidlashicha, bu harakatlar rossiyalik harbiylarning Kiyev tomonidan rejalashtirilayotgan hujumga qarshi mudofaa istehkomlarini yaratish zarurati bilan bog‘liq.
Yangiliklar lentasi
0