Andijonda birinchi xalqaro ekoforum boshlandi

© SputnikXonabod
Xonabod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Forumda Bolgariya, Polsha, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan olimlar va professorlar, turizm sohasi ekspertlari ishtirok etadi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Andijon viloyatining Xonobod shahrida “Hanabad wellness-resort” 1 xalqaro ekoturizm forumi boshlandi.
Mazkur forumni o‘tkazishdan maqsad Xonobod shahrining toza havosi va tabiati haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berish, tabiatni asrab-avaylash va ekologiyani saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha “Andijon viloyati tajribasi” bilan o‘rtoqlashishdan iborat.
Shuningdek, Xonobod shahrining turizm sohasidagi o‘ziga xos salohiyati, rivojlanish istiqbollari va imkoniyatlarini ilmiy jihatdan tahlil etish, bu borada soha ekspertlari fikrlari bilan tanishish va Xonobod shahriga sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida taklif va rejalar ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur forum an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forumda Bolgariya, Polsha, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan olimlar va professorlar, turizm sohasi ekspertlari ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur tadbir prezidentning "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0