Madaniy meros obyektlariga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda huquqbuzarlik sodir etganlar 15 sutka ma’muriy qamoqqa olish yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarimaga tortiladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan 794-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Belgilanishicha, moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlar huquqbuzarlik og‘irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka ma’muriy qamoqqa olish yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarimaga tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishni o‘zida aks ettirgan 64−1-modda bilan to‘ldirilishi ma’lum qilingandi.
Moddada moddiy madaniy meros obyektlariga yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish javobgarlikka olib kelishi nazarda tutilgan.
Ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etganlik ma’muriy huquqbuzarlik sifatida qayd etilmoqda.
Qolaversa, prezidentning tegishli qonuniga ko‘ra, O‘zbekistonda madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirilgan. Unga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlariga takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0