Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivali boshlandi – foto, video

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya "Prazdnik atlasa" (Atlas bayrami).
V Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya Prazdnik atlasa (Atlas bayrami).  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Festivalda 21 davlatdan 90 ga yaqin tajribali dizaynerlar, taniqli madaniyat arboblari va san’atshunoslar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Marg‘ilonda “Atlas bayrami” Vxalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Festival an’anaviy o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan.
Unda 21 davlatdan 90 ga yaqin tajribali dizaynerlar, taniqli madaniyat arboblari va san’atshunoslar ishtirok etmoqda.
Marg‘ilon shahrining Jahon hunarmandlar shaharlari (Butunjahon hunarmandlar kengashi) tarmog‘iga qo‘shilishi festivalning muhim voqealaridan biri bo‘ldi.
Festivalning ochilish marosimida Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy Marg‘ilon shahrining Jahon hunarmandchilik kengashi tarmog‘iga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikatni Marg‘ilon shahar hokimi Adham Ziyovuddinovga topshirdi.
© “Hunarmand” uyushmasi “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali
“Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
“Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali
"Butunjahon hunarmandlar kengashi Marg‘ilon shahriga " Jahon hunarmandlar shahri" maqomini berdi. Bugungi kunga qadar dunyoning 4 qit’asidan 57 ta shahar shunday e’tirofga sazovor bo‘lgan, deydi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov.
Viloyat hokimi Marg‘ilonga bunday maqom tasodifan berilmagani, shahar azaldan atlas va adras ishlab chiqaradigan tarixiy markaz bo‘lganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, miloddan avvalgi uchinchi asrda ham marg‘ilonlik hunarmandlar ipak matolari tayyorlab, Osiyodan Yevropaga yetkazganliklari haqida yetarlicha ilmiy va tarixiy asoslar bor.
Festivalda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Italiya va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar ishtirok etmoqda.
Festivalning dastlabki ikki kunida Markaziy Osiyo va Yevropa dizaynerlari taqdimoti, 22-oktabr kuni esa "Buyuk ipak yo‘li vorislari” xalqaro an’anaviy matolar ko‘rgazmasi namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 19-oktabr kuni Marg‘ilon shahriga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Jahon hunarmandlar shahri maqomi berilishi tasdiqlandi. Marg‘ilon Butunjahon hunarmandlar kengashining "Hunarmand shaharlar" ro‘yxatiga O‘zbekistondan qo‘shilgan 3-shahar bo‘ldi. Bunday maqom Buxoroga zardo‘zlik, Qo‘qonga yog‘och o‘ymakorligi, Marg‘ilon atlas to‘quvchiligi uchun berildi.
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
V Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya Prazdnik atlasa (Atlas bayrami).  - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
V Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya Prazdnik atlasa (Atlas bayrami).  - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
V Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya Prazdnik atlasa (Atlas bayrami).  - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
V Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya Prazdnik atlasa (Atlas bayrami).  - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
V Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya Prazdnik atlasa (Atlas bayrami).  - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
V Margilane sostoyalos otkritie V Mejdunarodnogo festivalya traditsionnogo tekstilya Prazdnik atlasa (Atlas bayrami).  - Sputnik O‘zbekiston
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Yangiliklar lentasi
0