Termiz xalqaro aeroporti vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie mejdunarodnogo aeroporta Termez
Zdanie mejdunarodnogo aeroporta Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Termiz xalqaro aeroporti 1-noyabrdan 25-dekabrgacha yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqida Uzbekistan airports xabar berdi.
Aytilishicha, deyarli ikki oy muddatda yurish yo‘laklarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi to‘liq yakunlandi.
Yangiliklar lentasi
0