Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til qachondan boshlanadi?

© Sputnik/Zafar XalilovKak proxodit perviy zvonok v Tashkente
Kak proxodit perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2022
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, II chorak 10-noyabrdan boshlanadi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi.
Qayd etish joizki, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaroriga asosan belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0