AQSh iqtisodiyotiga kutilmagan zarba berildi

© AP Photo / Mary AltafferAmerikanskie flagi u zdaniya Nyu-Yorkskoy fondovoy birji
Amerikanskie flagi u zdaniya Nyu-Yorkskoy fondovoy birji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
NBC telekanali Missisipi darosidagi suv sathining eng past darajaga tushib ketishi AQSh iqtisodiyotiga tahdid solishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Quruq ob-havo Missisipi darosidagi suv sathining eng past darajaga tushib ketishiga olib keldi, bu esa AQShga iqtisodiy inqiroz bilan tahdid qiladi. Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi.

“Bu yerdagi manzara mutlaqo achinarli. Qurg‘oqchilikning kuchayishi tufayli bir paytlar Missisipi kanalining bir qismi bo‘lgan hududlar endi uning qirg‘oqlariga aylandi. Odatdagi kunda Missisipidagi suv sathi mening boshimdan 4,5-6 metr balandlikda bo‘lishi kerak edi. Hozir esa bu keng daroda suv xavfli darajada kam”, - deydi telekanal muxbiri Morgan Cheski.

Kuchli qurg‘oqchilik Missisipini “tiz cho‘ktirdi”, deyiladi xabarda. Sohil qo‘riqlash kapitan-leytenanti Meri Gilday ham vaziyatni “yomon” deb atadi.

“Bularning barchasining iqtisodiy ta’siri Qo‘shma Shtatlar uchun qanchalik muhimligini bilamiz. Hozirgi prognozlarga ko‘ra, men vaziyat yaxshilanayotganini ko‘rmayapman”, - dedi u.

Missisipi 12,6 milliard dollarlik yuk tashish sanoatini quvvatlaydi, bu esa o‘n minglab ish o‘rinlarini yaratadi, deb ta’kidlaydi NBC. Bundan tashqari, AQShdan eksport qilinadigan barcha donning 60 foizi shu daryo bo‘ylab tashiladi. Biroq ayni paytda yopiq suv yo‘llarida 127 ta kema va 1,8 mingdan ortiq barjalar ishlamay qolmoqda.
Arkanzaslik fermer Rojer Smit telekanalga bergan intervyusida “daroning bunday past sathini hech qachon ko‘rmaganini” aytgan.
Yangiliklar lentasi
0