Matviyenko Rossiya va Xitoy yetakchilari o‘rtasidagi munosabatni yuqori baholadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin i Si Szinpin, arxivnoe foto
Vladimir Putin i Si Szinpin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Pekinda bo‘lib o‘tgan syezd butun dunyo hamjamiyati uchun katta ahamiyatga ega deb hisoblaydi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiya XXR bilan mavjud munosabatlarni, jumladan, ishonch va samaradorlik nuqtayi nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ikki davlat rahbarlarining o‘zaro hamkorligini yuqori baholaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko ta’kidladi.

“Biz yangi davrda mamlakatlarimiz o‘rtasida shakllangan har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini, davlatlarimiz rahbarlari Vladimir Putin va Si Szinpin o‘rtasidagi o‘ziga xos ishonch va o‘zaro hamkorlik samaradorligini yuksak qadrlaymiz”, - dedi Matviyenko.

Rossiya-Xitoy hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanishda davom etayotganini ta’kidlagan ma’ruzachi Si Szinpinning Pekinda bo‘lib o‘tgan Xitoy Kommunistik partiyasi syezdida so‘zlagan ma’ruzasi mamlakat uchun yangi istiqbollarni ochib berishini ta’kidladi.
Matviyenko o‘n yil davomida bu lavozimni egallab kelayotgan Si Szinpin syezdda partiya bosh kotibi lavozimiga qayta saylanganini qayd etgan.
“Bu davrda mamlakat yalpi ichki mahsuloti ikki baravar ko‘paydi, mamlakat qashshoqlikni deyarli butunlay yo‘q qildi”, dedi u.
Shu bilan birga, Federatsiya kengashi spikeri Pekinda bo‘lib o‘tgan syezd butun dunyo hamjamiyati uchun katta ahamiyatga ega deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining 20-syezdi Si Szinpinni uchinchi muddatga Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta sayladi.
Yangiliklar lentasi
0