YeI davlatlari Rossiya bilan savdo hajmini oshirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Yevrosoyuza, arxivnoe foto
Flagi Rossii i Yevrosoyuza, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqining bir necha davlatlari iyul oyida Rossiyadan tovarlar importini oshirdi
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Yevroittifoqning oltita davlati iyul oyida Rossiyaga tovarlar eksportini yillik hisobda ko‘paytirdi, shu bilan birga, Rossiya tovarlari importi Yevropa Ittifoqining 16 ta davlatida oshdi, deya xabar berdi RIA Novosti, statistika ma’lumotlariga ko‘ra.

Rossiya eksporti oshgan YeI davlatlari

Eng ko‘p miqdorda - Sloveniya (6 marta), Kipr (3,4 marta), Chexiya (3,1 marta), Gretsiya (3 marta) va Italiya (2, 2-marta).
Shuningdek - Bolgariya (95 %), Belgiya (89 %), Vengriya (77 %), Ispaniya (68 %), Slovakiya (21%), Lyuksemburg (16 %), Niderlandiya (15 %), Avstriya (12 %), Germaniya (10 %), Ruminiya (9%) va Xorvatiya (2%).

Rossiya importi oshgan YeI davlatlari

Yevropa Ittifoqining 8ta davlati har oy Rossiyaga eksport hajmini oshirdi. Bular - Ruminiya (78 %), Litvada (28 %) va Niderlandiyada (21 %) kuzatildi.
Shuningdek, Belgiya, Bolgariya, Ispaniya, Sloveniya va Xorvatiya tovarlarini yetkazib berish hajmi ham oshdi. Xorvatiya Rossiyaga qariyb 18,4 million yevroga mahsulot yetkazib bergan, Sloveniya - 98 million yevro. Bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 59 foiz va 56 foizga ko‘p.
Shuningdek, Estoniya (16 foiz), Bolgariya (10 foiz), Avstriya (5 foiz) va Latviya (1 foiz) ham yillik hisobda mahsulot eksportini oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi.
Yangiliklar lentasi
0