Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 24-oktabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMnogotselevoy istrebitel Su-35 VKS Rossii v zone spetsoperatsii
Mnogotselevoy istrebitel Su-35 VKS Rossii v zone spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina armiyasi va millatchi bo‘linmalarini yo‘q qilishda davom etmoqda. O‘tgan sutkada dushmanning to‘rt yo‘nalishda amalga oshirgan hujumlari qaytarildi. Batafsil MV hisobotida.
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaga doir 24-oktabring asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

Kupansk yo‘nalishida dushman uchtagacha motoo‘qchilar rotasi bilan Xarkov viloyatining Pershotravneve, Orlyanka va Berestovoe aholi punktlari hududlarida hujum qilishga urindi. Barcha hujumlar qaytariladi. Javob o‘ti bilan 25 dan ortiq ukrainalik harbiylar, bitta tank, beshta bronetransportor va to‘rtta pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida Ukraina QK bo‘linmalari ikkitagacha mexanizatsiyalashgan vzvod kuchlari bilan LXRning Chervonopopovka aholi punkti yo‘nalishida rus qo‘shinlarining mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilishdi. Hujum havo zarbalari, artilleriya o‘qlari va mudofaa bo‘linmalari bilan to‘xtatildi, 20 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita piyoda askarning jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida dushman DXRning Sladkoe va Vladimirovka aholi punktlari yo‘nalishi bo‘yicha ikki rota taktik guruhi kuchlari bilan Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga hujum qildi. Hujum artilleriya o‘qlari va rus bo‘linmalarining faol harakatlari bilan qaytarildi. 25 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bir tank, uchta BMP va ikkita mashina yo‘q qilindi.
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida dushman batalon taktik guruhi qo‘shinlari bilan Xerson viloyatining Bruskinskoe, Patixatki va Trifonovka aholi punktlari hududlarida hujumga o‘tdi. Javob zarbalari va artilleriya o‘ti bilan 80 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, 11 ta zirhli jangovar mashina va 15 ta jangovar texnika yo‘q qilindi.
Rossiya aviyatsiyasi va artilleriyasi Ukrainaning Xarkov viloyati Stepovaya, Novoselovka, Xerson viloyatidagi Davidov Brod, Andreyevka, Nikolayev viloyatidagi Olenivka aholi punktlari hududlarida 174 ta nuqtada joylashgan harbiy kuch va texnikasi, to‘rtta qo‘mondonlik punkti, 72 ta artilleriya bo‘linmasiga zarbalar berdi.
Xarkov viloyatining Dvurechnaya qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Yagodnoe, DXRning Shevchenko va Maliy Kermenchik aholi punktlari hududlarida bir sutkada uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Lisichansk, LXR va Novaya Kaxovka aholi punktlari hududlarida HIMARS va "Olxa" raketa tizimlarining 21 ta snaradlari havoda yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 325ta samolyoti, 162ta vertoloti, 2 326 ta uchuvchisiz uchish apparati, 383 ta zenit-raketa kompleksi, 6 020 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 874 ta raketa tizimlari, 3 521 ta dala artilleriyalari shuningdek, 6741 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0