O‘zbekiston va BAA Osiyo va Jahon chempionatlariga tayyorgarlik ko‘rishda hamkorlik qiladi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo‘mitalari
O‘zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo‘mitalari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Dubay shahrida har ikki qo‘mitaning Bosh kotiblari Oybek Kasimov hamda Azza bintu Sulaymon ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dubay shahrida har ikki qo‘mitaning Bosh kotiblari Oybek Kasimov hamda Azza bintu Sulaymon ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Aytilishicha, rejaga ko‘ra, ikki mamlakatning asosiy va yoshlar terma jamoalari yirik kompleks musobaqalar, Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorgarlik, sport menejmenti, tibbiyot kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada mustahkam olib boradi.
Shuningdek, yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish, mavjud infratuzilmalarni yaxshilash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashadi.
Azza bintu Sulaymon o‘zbek sporti nafaqat qit’a, balki jahonda katta mavqega ega ekani, ikki tomonlama hamkorlik mamlakatlarning sport sohasida yanada jadal rivojlanishiga turtki bo‘lashini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Oybek Kasimov ham BAA sportiga yuqori baho berib, ushbu davlat Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik O‘zbekiston sporti uchun manfaatli ekanini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0