Polyaklar narx oshishi tufayli muddati tugagan tovarlarni xarid qilishmoqda

© Sputnik / Aleksey VitviskiyTorgovie polki v produktovom magazine v Varshave. Arxivnoe foto
Torgovie polki v produktovom magazine v Varshave. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Xabar qilinishicha, agar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat o‘zgarmasa, Polsha aholisi bir qancha turdagi mahsulotlardan voz kechishga majbur bo‘ladi
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Qimmatchilik sharoitida polyaklar do‘konlardan yaroqlilik muddati tugagan tovarlarni sotib olishmoqda hamda chegirmalarga ko‘proq ehtiyoj sezishmoqda, deb yozadi Fakt nashri.
Maqolada keltirilishicha, do‘konlarda narxi oshmagan birorta ham tovar yo‘q. Polsha aholisi agar vaziyat o‘nglanmasa, bir qancha mahsulotlardan butkul voz kechishdan sarosimada.
Bunday vaziyatga sabab qilib pandemiya, Ukrainadagi mojaro, inqiroz va mamlakatdagi holat keltirilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, inflyatsiya 17,2 foizga oshgan, ammo aholining aytishicha, ularning nazarida narxlarning oshgani statistik ma’lumotlarda keltirilganga qaraganda ancha yuqori.
Rossiyaning Ukrainada demilitarizatsiya va denatsifikatsiya bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshlagandan buyon G‘arb Moskvaga qarshi sanksiyaviy bosimlarini kuchaytirdi. Biroq bu Yevropa mamlakatlarida yoqilg‘i narxlarining keskin oshishi va rekord inflyatsiyaga sabab bo‘ladi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyaning jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq o‘ylagan strategiyasi, ammo sanksiyalar butun dunyo iqtisodiyotiga katta zarba bo‘ldi. Bularga qaramay, mamlakat rahbarining aytishicha, Rossiyaning moliyaviy barqarorligini yo‘qqa chiqarish amalga oshmadi, Yevropa esa o‘z sanksiyalarining boshi berk ko‘chasiga kirib qoldi.
Yangiliklar lentasi
0