Bugun faqat Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi – O‘zgidromet

© Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatiO‘zbekistonda kuz!
O‘zbekistonda kuz! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha havo harorati +12-17 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0