Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 26-oktabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVertoleti Mi-8 AMTSh na polevom aerodrome VKS Rossii v zone provedeniya spetsialnoy voyennoy operatsii
Vertoleti Mi-8 AMTSh na polevom aerodrome VKS Rossii v zone provedeniya spetsialnoy voyennoy operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan uch yo‘nalishda hujumga o‘tish harakatlari sodir etildi. Ularning barchasi muvaffaqiyatli qaytarildi, dushman 280 askar, 7ta tank, 15ta zirhli mashina va boshqa harbiy texnika yo‘qotdi.
TOShKENT, 26 okt - Spunik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus operatsiyaga doir o‘tgan kunning asosiy xabarlari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida dushman batalon taktik guruhi qo‘shinlaridan foydalangan holda, LXRning Kuzemovka aholi punkti yo‘nalishida tor frontda rus qo‘shinlarining pozitsiyalariga hujum qildi. Rossiya artilleriya zarbalari natijasida dushman dastlabki pozitsiyalariga qaytarildi, 30 dan ortiq ukrainalik harbiylar, bir tank, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining faol harakatlari natijasida bir sutkada 120 dan ortiq ukrainalik harbiylar, uchta tank, ikkita piyoda jangovar mashinasi, zirhli transportor, uchta pikap va bitta yengil avtomobil yo‘q qilindi.
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida dushman ikki rota taktik guruhidan foydalanib, Xerson viloyatining Ishenko va Bruskinskoe aholi punktlari yo‘nalishida qo‘shinlarimiz pozitsiyalariga hujum qildi. Barcha hujumlar qaytariladi, javob zarbasi bilan Rossiya 130 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta tank, to‘qqizta zirhli jangovar mashina va 11 ta texnika yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriya zarbalari yordamida Xarkov viloyatidagi Novoe va Dvurechnaya holi punktlari, DXRning Konstantinovka, Nikolayev viloyatining Olenivka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta qo‘mondonlik punktlariga zarba berdi.
DXRning Aleksandrovka qishlog‘i yaqinidagi vertolotlar maydonchasi, Ukraina artilleriyasining 68 ta pozitsiyalari, DXRning Ugledar va Nikolayev viloyatining Zeleniy Gay aholi punktlari hududlarida ikkita qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining tezkor-taktik aviatsiyasi Nikolayev viloyatining Kaluga qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Oborotnovka, Kalinovka, Vladimirovka, LXR, Xarkov viloyati Kolodeznoe, Sadok, Oleksandrivka, Krinichanka, Kucherskoe, Xerson viloyati, Energoe va Energoe aholi punktlari hududlarida havo mudofaa kulari tomonidan 13ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Xerson viloyatining Klapaya, Otradokamenka, Vesoloe, LXRning Kolomiychixa aholi punktlari hududlarida havoda 7ta HIMARS va "Smerch" raketalari, shuningdek, LXRning Petrovka va Xerson viloyatining Antonovka aholi punktlari yaqinida Amerikaning uchta "HARM" radarga qarshi raketalari urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 326 ta samolyoti, 162 ta vertoloti, 2339 ta uchuvchisiz uchish apparati, 383 ta zenit-raketa majmuasi, 6046 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 874 ta ko‘p raketa tizimlariga ega jangovar texnika, 3525 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 6758 dona maxsus harbiy mashinalar i yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0