O‘zbekiston Rossiya bilan avtomobil yo‘llari qurishda hamkorlik qiladi

© Toshkent shahar hokimligiO‘zbekiston Rossiya korxonalari bilan avtomobil yo‘llarini qurishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Rossiya korxonalari bilan avtomobil yo‘llarini qurishda hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmanov "PO "Vozrojdenie" AJ (Rossiya) bosh direktori Mixail Klobertans boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya korxonalari bilan avtomobil yo‘llarini qurishda hamkorlik qiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmanov "PO "Vozrojdenie" AJ (Rossiya) bosh direktori Mixail Klobertans boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qulayliklar darajasini oshirishga qaratilgan rivojlanish rejalari haqida so‘z bordi. Xususan, avtomobil yo‘llari, chorrahalar, ko‘priklar va muhandislik inshootlarini moliyalashtirish, loyihalash va qurish sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Sharof Rahmanov o‘zaro sherikchilikka oid barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilib, o‘zaro taklif va imkoniyatlarni o‘rganish hamda hamkorlikka oid muloqotlarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, "PO "Vozrojdenie" AJ Rossiya Federatsiyasining shimoli-g‘arbiy qismidagi o‘nlab yirik korxonalarni birlashtiradi. Hozirda eng yangi texnologiyalar va jami 3500 kishidan iborat yuqori malakali mutaxassislar jamoasidan iborat korxonalar xalqaro sifat standartlariga javob beradigan darajada faoliyat yuritmoqda.
Kompaniya faoliyati geografiyasi Sankt-Peterburg, Viborg, Moskva, Astraxan, Samara, Velikiy Novgorod, Volgograd, Kaliningrad, Penza, Krasnodar, Krasnoyarsk, Ashxobod va Turkmanboshi (Turkmaniston) va boshqa shaharlarni qamrab oladi.
Yangiliklar lentasi
0