Putin: terrorchi guruhlar MDHga tarqalishga urinmoqda

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, terrorchi guruhlar tug‘dirayotgan xavf darajasi kamaymagan.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. “Islom davlati”* va boshqa terrorchi guruhlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlariga tarqalishga urinishmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH maxsus xizmatlari va xavfsizlik organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Hamdo‘stlik hududidagi tahdid haqida gapiradigan bo‘lsak, ta’kidlaymanki, IShID*, “Al-Qoida”*, boshqa terrorchilik guruhlar tug‘dirayotgan xavf darajasi kamaymayapti. Ular MDH mamlakatlariga yoyilishga urinishmoqda, maxfiy yacheykalarini shakllantirishmoqda, jangarilar guruhining Afg‘onistonda, ayniqsa Markaziy Osiyo respublikalari chegaralari yaqinida to‘planishi, albatta, bu mintaqaga bostirib kirishning ehtimoliy xavfini keltirib chiqaradi”, - dedi Putin.
Shuningdek, Rossiya rahbari mamlakatlarning ichki ishlariga aralashishga qarshi kurashish uchun MDHdagi xorijiy maxsus xizmalarning ishini faolroq fosh etish va oldini olishga chaqirdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0