Ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotganlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishUchebniy klass
Uchebniy klass - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Qaror bilan, “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotganlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. Bu haqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 616-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qaror bilan, “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.
Ko‘krak nishonlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshirilib, u mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0