Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyot nima sababdan Eronda favqulodda qo‘ngani ma’lum qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 737-800 aviakompanii FlyDubai
Samolet Boeing 737-800 aviakompanii FlyDubai - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Samolyotning Eronda favqulodda qo‘ndirishga ekipaj a’zolaridan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. “Uzbekistan Airports” Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyot nega favqulodda qo‘nishni amalga oshirganini ma’lum qildi.
Bugun “Fly Dubai” aviakompaniyasining Toshkent-Dubay yo‘nalishida FZ -1942 reysini amalga oshirayotgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 07:37 da Eronning Sheroz shahri aeroportiga favqulodda qo‘ngan.
“Favqulodda qo‘nishga samolyot ekipaj a’zolaridan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng, ekipaj tomonidan eng yaqin aeroportga qo‘nish haqida qaror qabul qilingan”, - deyiladi xabarda.
Bortida 172 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkentdan soat 04:37 da havoga ko‘tarilgan va Toshkent vaqti bilan 07:50 da Dubay aeroportiga qo‘nishi kerak edi. Biroq majburiy qo‘nish tufayli parvoz kechiktirilmoqda.
Xabarda hozir samolyot Dubayga uchishga hozirlik ko‘rayotgani qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0