Putin davrning asosiy ziddiyatini hal qilishga bel bog‘ladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning “Valday” forumidagi nutqini ko‘pchilik “Biz tarixiy chegarada turibmiz, ehtimol ikkinchi jahon urushi tugagandan buyon eng xavfli, oldindan aytib bo‘lmaydigan va ayni paytda muhim o‘n yilliklar” haqidagi asosiy ogohlatirishi deb hisoblashdi.
Biroq, oldinda kutib turgan sinovlarning bashorati yangilik emas, jumladan, Putin uchun o‘z-o‘zidan qimmatli emas edi-bunda qaysi kontekstda aytilgani muhim:

“G‘arbning dunyo ishlarida bo‘linmaydigan hukmronligining tarixiy davri tugamoqda, bir qutbli dunyo o‘tmishga aylanmoqda... G‘arb insoniyatni ustidan hukmronlik qilishga qodir emas, ammo zo‘r berib shunday ilishga harakat qilyapti, ko‘p xalqlar esa endi bunga toqat qilmoqchi emas. Yangi davrning asosiy ziddiyati ham shunda. Klassikning ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak, vaziyat anchayin inqilobiy: yuqori tabaqaning kuchi yetamayapti, quyidagilar esa bunday yashashni istamaydi.”

Putinning nutqi aynan insoniyat kelajagiga bag‘ishlangan edi- qolaversa, u nafaqat G‘arb globalizatsiya rejalarining inqirozi haqida so‘zladi, balki Rossiya yaratishni taklif qilayotgan dunyo konturlarini belgilab, unga muqobilni ham belgilab berdi. Barchaga, shu jumladan, bizning umumiy kelajak haqida teng huquqli muloqot boshlashga majbur bo‘ladigan G‘arbga ham shuni taklif qildi va albatta, qancha tezroq bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘lishini aytdi.
Ammo, G‘arb hozircha halokatga uchragan va buoy berilayotgan gegemoniyasini saqlab turish maqsadida o‘jarlik qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan juda xatarli- va hatto Putin ham “o‘z gegemoniyasini saqlab qolish har safar G‘arbga qimmatga tushmoqda” deb ogohlantirdi.
Putin ayni paytda G‘arb odatiga ko‘ra vaziyatni yomonlashtirishga o‘ynamoqda, dedi, biroq bu uchun stavka maksimal sdarajada yuqori.

“Dunyo ustidan hukmronlik - G‘arb o‘z o‘yinida ustuvor qilib qo‘ygan jihatdir. Ammo bu o‘yin shubhasiz xatarli, qonli, men hatto jirkanch deb aytgan bo‘lardim. U mamlakatlar va xaqlarning suverenitetini, ularning o‘ziga xosligini rad etadi, boshqa mamlakatlar manfaatlarini bir chaqaga ham olmaydi”.

Amerikancha liberal dunyo tartibi har kuni nafaqat tartibsizliklarni ko‘paytirmoqda, balki, hatto g‘arbiy mamlakatlarning o‘zi uchun, ularning mustaqillikni namoyish etishdagi har bir urinishi ham toqatsiz bo‘lib bormoqda, deydi Putin.
Ammo dunyo o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p qirrali, va G‘arbning hammani shablonlarga tiqish harakatlari halokatga mahkum, undan hech narsa chiqmaydi, dedi prezident, boz ustiga ularda “nekbin rivojlanish va bunyodkorlik uchun ularning hech qanday g‘oyalari yo‘q, ular dunyoga o‘z hukmronligini saqlashdan boshqa hech nima taklif bera olmaydi”.
Biroq, hozir shu hukmronlikni qo‘llab-quvvatlash uchun kuch yo‘q- yildan yilga G‘arbda vaziyat yomonlashgandan yomonlashib bormoqda. Yuqoridagilar chindan ham hech nima qila olishmaydi, masala faqat pastdagilar, ya’ni g‘arbiy bo‘lmagan olam qachon dunyo tartibini tinch yo‘l bilan o‘zgartirish harakatlarini boshlashida Aynan tinch yo‘l bilan, ya’ni G‘arbga mojarolar va urushlar evaziga o‘z hukmronligini uzaytirishga imkon bermasdan.
Putin g‘arbiy bo‘lmagan dunyo G‘arbning hukmronligini uzaytirilishiga rozi emasligiga mutlaqo ishonchi komil, chunki G‘arb nafaqat dunyoviy hukmronlikka, balki unga hamma itoat qilishi va qaram bo‘lishini iddao qilmoqda.
Bundan tashqari, anglo-sakson globallashuv rejasini amalga oshirishdagi bunday bo‘ysunish shunchaki jahon taraqqiyotlarining gullab-yashnagan murakkabligini yo‘q qilishga, butun yer aholisining yuzsiz universal iste’molchi turiga aylanishiga olib keladi:

“Aynan umumlashtirish, moliyaviy va texnologik monopoliya, har xillik va tavofutlarni yo‘q qilishi asosida globallashuvning G‘arb modeli o‘z mohiyatga ko‘ra, neomustamlakachilik tarzda barpo etildi.

Vazifa aniq edi - jahon iqtisodiyoti va siyosatida G‘arbning so‘zsiz hukmronligini mustahkamlash va buning uchun butun sayyoramizning tabiiy va moliyaviy resurslarini, intellektual, insoniy va iqtisodiy imkoniyatlarini o‘z xizmatiga qo‘yish va buni yangi global o‘zaro bog‘liqlik deb ataladigan sous bilan amalga oshirish.

Shu munosabat bilan Putin Aleksandr Zinovyevning so‘zlarini yodga oldi – G‘arb sivilizatsiyasi erishgan darajasida omon qolishi uchun “butun sayyora mavjud bo‘lish muhiti sifatida zarur, insoniyatning barcha resurslari kerak”. Prezident o‘z nutqida Dostoyevskiy, Soljenitsin, Danilevskiylardan iqtibos keltirdi. Danilevskiyning “hech bir sivilizatsiya taraqqiyotning eng yuqori nuqtasi ekanligini, taraqqiyot esa hamma uchun bir yo‘nalishda borishdan iborat emasligi, taraqqiyot esa hammasini bir yo‘nalishda emas, balki «insoniyatning tarixiy faoliyatining barcha yo‘nalishlaridan chiqishdan iboratdir” so‘zlarini aytdi. Ya’ni Rossiya oldinga surayotgan inson svilizatsiyalarining ko‘p qirraligi shundaki shundaki- u o‘z milliy manfaatlaridan va yangi dunyo tartibini o‘rnatish maqsadlaridan kelib chiqadi.
Putin G‘arbga qarshilik ko‘rsatish (nafaqat mafkuraviy, balki ma’naviy jihatdan ham samarasiz bo‘lgan), G‘arbning shaxssizlashtirish va insoniyatni birlashtirish loyihasini qurish kerakligi haqidagi o‘z qarashlarini taklif qiladi:
“Ishonaman, diktaturaga qarshi qilib mamlakatlar va xalqlar rivojlanishi erkinligini, shaxslar degradatsiyasiga esa - insonga ijodkor sifatda muhabbatni, oddiy osonlashtirish va taqiqldarga - madaniyatlar va an’analarning gullishini qarshi qo‘yish mumkin”.
Va u bo‘lajak dunyo tartibini qanday ko‘rishini tasvirlab berdi:
“Bugungi tarixiy voqelikning mohiyati aynan shundaki, barcha taraqqiyotlar, davlatlar va ularning integratsion birlashuvlariga chindan ham o‘z demokrativ rivojlanish imkoniyatlarini ochilmoqda. Va avvalombor biz yangi dunyo tartibi qonun va huquqlarda asoslanishi, erkin, o‘ziga xos va adolati bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz”.
Shu bilan birga o‘ziga xos rivojlanish mutlaqo yakkalanishni anglatmaydi, deb alohida ta’kidladi Putin- aksincha, ular adolatli va teng huquqli tamoyillar asosida o‘zaro manfaatli hamkorlikni nazarda tutadi.
“Liberal globalizatsiya- shaxssizlantirish, butun dunyoga g‘arb modelini targ‘ib qilish bo‘lsa, integratsiya, aksincha- har bir svilizatsiyaning umumiy manfaatlar yo‘lidagi salohiyatini kashf etishdir. Globalizm diktat bo‘lsa, integratsiya hamma uchun foydali bo‘lgan umumiy strategiyalarni birgalikda ishlab chiqishdir”.
Yangi dunyo tartibining asosiy quruvchilari “kuch markazlari”- taraqqiyotlar derjavalari va yirik mintaqaviy jamoalar bo‘ladi:
“Rossiya iqtisodiyoti, ijtimoiy tizimi, resurs bazasi va infratuzilmasi bir-birini to‘ldiradigan qo‘shni davlatlarning o‘zaro hamkorligi asosida qurilgan keng maydonlarni yaratish mexanizmlarini faolroq ishga tushirishni muhim deb biladi. Bunday katta makonlar, aslida, ko‘p qutbli dunyo tartibining asosi - iqtisodiy asosdir. Ularning muloqotidan ba’zi G‘arb mafkurachilarining soddalashtirilgan g‘oyalariga qaraganda ancha murakkab, o‘ziga xos va ko‘p qirrali insoniyatning haqiqiy birligi tug‘iladi.
Shu bilan birga, Yevroosiyo alohida rol o‘ynaydi, uni Putin “har qanday turdagi ulkan resurslar va ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan makon” deb atagan. Putin bu safar geosiyosiy qarama-qarshilik haqida gapirmadi, lekin uning Yevrosiyoni tasvirlash usuli geosiyosatning asosiy postulatlari bilan bevosita bog‘liq: quruqlik va dengiz, Yevroosiyo va Atlantika o‘rtasidagi kurash. Atlantikachilar (ya’ni, orol kuchlari AQSh va Buyuk Britaniya) Yevroosiyoni nazorat qilmasa, dunyoni nazorat qila olmaydi (yoki hech bo‘lmaganda, u yerda “bo‘lib ol- hukmronlik qil” tamoyili bo‘yicha ishlay olmaydi). Hozir esa hammasi atlantikachilarning faqatgna Yevropa ustidan nazorat qilishni saqlab qolishga ketmoqda, buni Putin “Yevroosiyoning g‘arbdagi chekkasi” deb atadi va u uning tabiiy qismi bo‘lishi mumkin ekanligini aytdi:
“Yevropa yetakchilari o‘zlarini boshqalardan ustun deb biladi va barcha bilan teng huquqli loyhalarda ishtirok etishini istamaydi. Ular shunday kibr bilan ularning periferiyaga (chekka joyga) va aksariyat hollarda ovoz berish huquqiga ham ega bo‘lmagan vassalga aylanib qolishganini sezishmaydi”.
Ammo Putinning nutqi yevropaliklarga qaratilmagan - u ularning o‘z manfaatlari uchun kurashish qobiliyatiga anchadan buyon ishonmaydi, va qisqa muddatda ular anglo-sakson nazoratidan chiqib ketish imkoniyatiga ega emas. Garchi Putin ularga “ko‘p qutblilik Yevropa uchun o‘z iqtisodiy va siyosiy subyektivligini tiklash uchun yagona imkoniyat ekanligini” eslatgan bo‘lsada, u avvalo, g‘arblik dunyoga e’tibor qaratdi - uni postg‘arbiy, tamomila demokratik dunyo tartibini yaratishga chaqirdi.
“Ishonaman, , ko‘p qutbli dunyoda chinakam demokratiya, eng avvalo, har qanday xalqning – shuni alohida ta’kidlamoqchiman – har qanday jamiyat, har qanday sivilizatsiya o‘z yo‘lini, o‘z ijtimoiy-siyosiy tizimini tanlash imkoniyatini nazarda tutadi”.
Shu bilan birga, yangi dunyo tartibini barpo etish uchun sivilizatsiyalar muloqoti ularning ma’naviy-axloqiy, an’anaviy qadriyatlariga asoslanadi - bu neoliberal qadriyatlardan farqli o‘laroq, noyob va hech kimga yuklash mumkin emas, deya ta’kidladi Putin:
“Bizning an’anaviy qadriyatlar haqidagi tushunchamiz shunday va bu yondashuv insoniyatning ko‘pchiligi tomonidan ma’qullanadi va qabul qilinadi. Bu tabiiydir, chunki Sharq, Lotin Amerikasi, Afrika, Yevrosiyoning an’anaviy jamiyatlari jahon sivilizatsiyasining asosini tashkil qiladi”
G‘arbni esa Putin diktatdan muloqotga o‘tish muqarrarligi haqida qayta-qayta ogohlantirmoqda, qolversa, va bu G‘arbning o‘zi manfaatlariga mos keladi. Agar, ular o‘zlarining kelajaglari haqida o‘ylashsa albatta:
“Xalqlar va sivilizatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish - har kimning manfaati, aslida bu G‘arb deb atalmish davlat manfaatlariga ham javob beradi. U o‘z hukmronligini yo‘qotib, tezda jahon sahnasida ozchilikka aylanadi:
Va, alohida ta’kidlamoqchimanki, albatta, bu g‘arbiy ozchilikning o‘z madaniy o‘ziga xosligiga bo‘lgan huquqi ta’minlanishi kerak, bunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak, lekin, teng asosda, boshqalarning huquqlari bilan birga bo‘lishi kerak.
Agar G‘arb elitalari o‘z xalqi, jamiyatlari ongiga g‘alati, mening fikrimcha, o‘nlab jinslar va geylar bilan faxrlanish paradlari kabi yangi paydo bo‘lgan tendensiyalarni singdira oladi deb o‘ylasa - shunday bo‘lsin- ular xohlaganini qilsin! Ammo, ularning boshqalardan ham xuddi shu yo‘nalishda yurishni talab qilishga hech qanday huquqi yo‘q”.
Putinning nutqi g‘arbdan keyingi yangi dunyo tartibining - ayyor anglo-sakson “qoidalari”ga emas, balki turli jahon sivilizatsiyalari o‘rtasidagi muloqot va manfaatlarni muvofiqlashtirishga asoslangan dunyo tartibining o‘ziga xos manifestiga aylandi – Putin post-gumanizm va har qanday an’anaga nisbatan Atlantika globallashuv loyihasiga haqiqiy muqobillar taklif qiladi.
Butun dunyo Atlantika loyihasi barbod bo‘lganini tushunadi – Rossiya esa uning qulashini yaqinlashtirmoqda, to‘g‘rirog‘i, G‘arbning mamlakatimizni bekor qilishga urinishi ularning global loyihasining barbod bo‘lishini tezlashtirmoqda. Ammo Rossiya, nafaqat, Amerika usulida dunyoning tanazzulga uchrashi ustida ishlayapti, balki u hammani yangi dunyo tartibi ustida ishlashni jadallashtirishga chaqirmoqda. Bunda biz o‘zimizni yangi gegemon bo‘lib ko‘rsatmayapmiz – bir hukmronlikni boshqasiga almashtirish, G‘arbni Sharq bilan almashtirish haqida gapirmayapmiz - Putin alohida ta’kidladi.
Yo‘q, biz Putin “inson sivilizatsiyasi simfoniyasi” deb atagan narsani qurishga mutlaqo boshqacha, adolatli yondashuvni taklif qilamiz. Va bu butun G‘arb bo‘lmagan dunyo kelgusi o‘n yillikda qiladi, bu haqiqatan ham 1945-yildan keyingi butun davr uchun nafaqat eng xavfli, balki eng ahamiyatli bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0