DTM umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatini e’lon qildi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishShkolnik
Shkolnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
Obuna bo‘lish
Darsliklar ro‘yxati bilan Davlat test markazining rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan 2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari joy olgan.
Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.
Darsliklar ro‘yxati bilan Davlat test markazining rasmiy veb-saytida tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0