Farg‘onaliklar uchun 10ga yaqin shaharlarga sayohat qilish imkoniyati yaratildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘onadan qaysi shaharlarga sayohat qilish mumkinligi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Kuzning so‘ngi oylaridan boshlab Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlar amalga oshiriladi. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.
Aytilishicha, farg‘onaliklar 30-oktabrdan boshlab Dubayga sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Hozirda Uzbekistan Airways ushbu shahardan Toshkent, Urganch, Samarqand, Istanbul, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Moskva va Qozon kabi shaharlarga aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways qishki jadvalga o‘tishini ma’lum qilgan edi. Shu munosabat bilan parvozlar yangi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0