Poytaxtdagi ayrim hududlarda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
Obuna bo‘lish
Yangihayot tumani, "Yangi Choshtepa" mahallasi hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga elektron hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Poytaxtdagi ayrim hududlarida vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqida "Hududgaz Poytaxt" xabar berdi.
Bugun Yangihayot tumani, "Yangi Choshtepa" mahallasi hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga elektron hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi. Shu sababli bir necha tumanlardagi ayrim mahallalarda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Yangihayot tumani:
"Yangi Choshtepa" MFY;
"Choshtepa" MFY.
Sergeli tumani:
"Junariq" MFYda.
Chilonzor tumani:
"Beshqo‘rg‘on" MFYda.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatilishi ma’lum qilingandi.
Bundan tashqari, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stansiyasi - tuman (shahar) chegarasi - yirik uchastkalarning kirish qismi - iste’molchi” texnologik zanjiri asosida 1 800 ta elektron hisoblagichlarni o‘rnatish va monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.
Yangiliklar lentasi
0