https://sputniknews-uz.com/20221030/jazoni-ijro-etish-muassasalarida-saqlanayotgan-xotin-qizlar-kasb-hunarga-oqitiladi-29581093.html
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitiladi
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitiladi
Ichki ishlar vazirligi xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tartibini belgilovchi qaror loyihasini ishlab chiqdi. 30.10.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-10-30T15:53+0500
2022-10-30T15:53+0500
2022-10-30T15:53+0500
jamiyat
loyiha
xotin-qizlar
jazoni ijro etish muassasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/19/15053051_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1895deea43ec1ef4577af31b9556a155.jpg
TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitiladi. Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan.Hujjat loyihasida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlarni muammolarini oʻrganish va hal etish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, probatsiya nazoratidagi va jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga oʻqitish orqali ularni bandligini taʼminlash tartibi belgilanmoqda.Unga koʻra, xotin-qizlar tikuvchilik, bichuvchilik, toʻquvchilik, kashtachilik, dizayner, sartarosh, pazandachilik kabi kasblarga oʻqitiladi.Xotin-qizlarning muammolari quyidagi tartibda oʻrganadi:Bunda inspektorlar xotin-qizlar bilan suhbat oʻtkazib, ularning qanday faoliyat bilan shugʻullanishi, turmushga moslashishida qanday yordamga ehtiyoji borligini aniqlaydi.Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatiladi.Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/19/15053051_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6f0868bd1a25f23815196376ba6ba2d0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
loyiha, xotin-qizlar, jazoni ijro etish muassasi
loyiha, xotin-qizlar, jazoni ijro etish muassasi
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitiladi
Ichki ishlar vazirligi xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tartibini belgilovchi qaror loyihasini ishlab chiqdi.
TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitiladi. Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga
qoʻygan. Hujjat loyihasida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlarni muammolarini oʻrganish va hal etish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, probatsiya nazoratidagi va jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga oʻqitish orqali ularni bandligini taʼminlash tartibi belgilanmoqda.
Unga koʻra, xotin-qizlar tikuvchilik, bichuvchilik, toʻquvchilik, kashtachilik, dizayner, sartarosh, pazandachilik kabi kasblarga oʻqitiladi.
Xotin-qizlarning muammolari quyidagi tartibda oʻrganadi:
xotin-qizlar murojaatlari tahlil qilinadi;
xotin-qizlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkaziladi.
Bunda inspektorlar xotin-qizlar bilan suhbat oʻtkazib, ularning qanday faoliyat bilan shugʻullanishi, turmushga moslashishida qanday yordamga ehtiyoji borligini aniqlaydi.
Hujjat qabul qilinsa, xotin-qizlar orasida tadbirkorlikni oshirish va kambagʻallikni qisqartirish kutilmoqda. Shuningdek, ayollarni bandligini taʼminlash orqali ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish ham nazarda tutilgan.
Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatiladi.
Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.