O‘zbekistonliklar “Geografik diktant” xalqaro aksiyasida ishtirok etishdi - foto

Obuna bo‘lish
Aksiya dam olish kuni bo‘lib o‘tganiga qaramay, unda Rossiya geografiyasi, geologiyasi va tarixi bo‘yicha o‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan 100 dan ortiq kishi ishtirok etgan.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistonliklar “Geografik diktant” xalqaro ta’lim aksiyasida ishtirok etishdi. Bu haqida Toshkentdagi Rus uyi matbuot xizmati xabar berdi.
“Aksiya dam olish kuni bo‘lib o‘tganiga qaramay, unda Rossiya geografiyasi, geologiyasi va tarixi bo‘yicha o‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan 100 dan ortiq kishi ishtirok etdi”, deyiladi xabarda.
Aksiyada turli yoshdagi o‘zbekistonliklar qatnashdi.

“Bunday loyihalar nafaqat bilimingizni sinab ko‘rish, balki o‘zingizni yangi bilimlar bilan boyitish, ilm-fanni ommalashtirishga ko‘maklashish va butun dunyo bo‘ylab geografiya fanini o‘rganishga qiziqishni oshirish imkonini beradi”, - deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Mazkur aksiya 2015-yildan buyon tashkil etib kelinmoqda. Uning asosiy maqsadi geografik bilimlarni ommalashtirish va Rossiya geografiyasiga qiziqishni oshirishdan iborat.
Bu yil diktant “Mening o‘lkam. Mening yurtim. Mening kashfiyotlarim” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Aksiya sakkizinchi yildirki Rossiya bo‘ylab va chet elda minglab hududlarda geografiya bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda.
Joriy yilda geografik diktant to‘rtta variantda tuziladi, ularning har biri ikki qismga bo‘lingan 40 ta savolni, shuningdek geografiyadan ma’lum faktlarga asoslangan "geografik ta’lim dasturi" bazaviy darajaning birinchi qismi 10 ta savolni o‘z ichiga oladi.
© Russkiy dom v Tashkente
“Geografik diktant” xalqaro ta’lim aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Russkiy dom v Tashkente
“Geografik diktant” xalqaro ta’lim aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Russkiy dom v Tashkente
“Geografik diktant” xalqaro ta’lim aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Russkiy dom v Tashkente
“Geografik diktant” xalqaro ta’lim aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Russkiy dom v Tashkente
“Geografik diktant” xalqaro ta’lim aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Russkiy dom v Tashkente
“Geografik diktant” xalqaro ta’lim aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Yangiliklar lentasi
0