O‘zgidromet bugungi ob-havo haqida ma’lumot berdi

© SputnikToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Bugun faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarimda yomg‘ir yog‘adi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarimda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Aytilishicha, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0