Buxoroda qurilayotgan binoning bir qismi qulab tushdi

© Foto: t.me/PvBuxBuxoroda qurilishi tugallanmagan bino quladi
Buxoroda qurilishi tugallanmagan bino quladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan uch qavatli binoning yuk konstruksiyalari qulashi oqibatida bir kishi jarohatlandi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Buxoro viloyati Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan uch qavatli binoning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31-oktabr kuni soat 16:03 larda shaharning Do‘stlik mahallasi T.Farog‘iy ko‘chasidada qurilayotgan binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan. Bunga qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi sabab bo‘lgan.
Buning oqibatida quruvchi K.R. (1973 yilda tug‘ilgan) tan jarohati olgan. Unga tez yordam ko‘rsatilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga olib borilgan.
Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari binoning qulab tushishi sabablarini o‘rganishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0