Prezident administratsiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Qurbonov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — Prezident protokoli rahbari lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Ulug‘bek Qurbonov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezident protokoli rahbari lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
U bunga qadar Prezident protokoli rahbari lavozimini egallab kelgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga asosan Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirilgan edi. Unga ko‘ra,
Rustam Komilov — Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘’ba mudiri;
Hikmatilla Ubaydullayev Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘’ba yetakchi kunsultanti;
Ulug‘bek Normatov Prezident administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘’basi yetakchi konsultanti;
Shohrux Xodjayev Prezident administratsiyasi kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba yetakchi kunsultanti lavozimiga tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0