Samarqand aeroporti yana yopiladi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblasti15-16 sentabrya 2022 goda v Samarkande sostoitsya 22-y sammit glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
15-16 sentabrya 2022 goda v Samarkande sostoitsya 22-y sammit glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Samarqand aeroporti reyslarni qabul qilish uchun to‘rt kun yopiladi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Samarqand aeroporti texnik sabablarga ko‘ra 8-noyabr soat 00:01 dan 12-noyabr 00:01 ga qadar parvozlar uchun yopiladi. Bu haqda AviaAlertsUZ Telegram kanalida xabar berilgan.
11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tadi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi arafasida iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand aeroporti shaharda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 14-16 sentabr kunlari tijorat yo‘lovchi va yuk qatnovlari uchun yopilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0