Yelizaveta II ga tegishli "Jaguar" kimoshdi savdosiga qo‘yildi

© AFP 2023 / Odd AndersenKoroleva Yelizaveta II v karete, London, 2000 god
Koroleva Yelizaveta II v karete, London, 2000 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, mashinaning birinchi egasi qirolicha Yelizaveta II bo‘lgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga tegishli bo‘lgan Jaguar X-Type Estate avtomobili Britaniyaning Historics Auctioners auksion uyi tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yildi, auksionning o‘zi 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“Qirollik tarixining bu ajoyib namunasi “zumrad olov” rangida charm qoplamali salon bilan taqdim etilgan va uning birinchi egasi qirolicha Yelizaveta II bo‘lgan”, - deyiladi auksion uyi xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada lyuk bor, u avtomatik uzatmalar qutisi, iqlim nazorati tizimi bilan jihozlangan. Mashina V6 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, u “barcha to‘rt g‘ildirakka quvvat yuboradi”. Qayd etilishicha, mashinani “bolg‘a qanday narxga urilsa ham – bu atigi 1 funt sterling bo‘lsa ham” sotish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0