O‘zbekistonlik talabalar MDHning teatr festivalida ishtirok etadi

© GITISTeatralniy festival stran SNG
Teatralniy festival stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston teatr maktabida Alisher Navoiyning “Sharq yulduzi” spektakli namoyish etiladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik talabalar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlarining teatr festivalida ishtirok etadi. Bu haqida Rossiya teatr san’ati instituti ma’lum qildi.
Rossiya teatr san’ati institutida (GITIS) 7—14 noyabr kunlari MDH davlatlarining “GITIS – master-klass” teatr festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Rossiya davlatlarning sakkizta teatr maktablari ishtirok etadi.
Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti;
Yerevan davlat teatr va kino instituti;
Belarus davlat san’at akademiyasi;
Qozog‘iston milliy san’at universiteti;
Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi;
Qirg‘iziston davlat madaniyat va san’at universiteti;
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
Rossiya teatr san’ati instituti.
An’anaga ko‘ra, GITIS ustalari va o‘qituvchilari tomonidan festival ishtirokchilari uchun sahna nutqi, sahna harakati va aktorlik mahorati bo‘yicha ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tkaziladi. Dastur so‘ngida talabalar universitet o‘qituvchilari bilan ko‘rgan spektakllarini muhokama qilishadi.
O‘zbekiston teatr maktabida Alisher Navoiyning “Sharq yulduzi” spektakli namoyish etiladi.
Festival MDHga a’zo mamlakatlarning Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad madaniy hamkorlikni mustahkamlash va MDH davlatlari o‘rtasida teatr ta’limi sohasida aloqalarni o‘rnatishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0