FVV qutqaruvchilari chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni olib chiqishdi - video

© Press-slujba MChSV Fergane spasiteli vizvolili iz kolodsa dvoix, odin iz nix mertv
V Fergane spasiteli vizvolili iz kolodsa dvoix, odin iz nix mertv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tomorqasi ortidagi chuqurlikka tushib ketgan.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni olib chiqishdi.
Qayd etilishicha, 3-noyabr kuni soat 18:40larda Toshkent viloyati Chirchiq shahar Gulshan ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tomorqasi ortidagi chuqurlikka tushib ketgan.
Chirchiq shahar FV bo‘limiga uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlar yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.
Yangiliklar lentasi
0