Putin va Erdog‘an Afrikaga g‘allani tekin yetkazib berish borasida kelishib oldi

© ShOSPutin i Erdogan nachali peregovori v Samarkande
Putin i Erdogan nachali peregovori v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Rossiya Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga Ukrainadan jo‘natilgan donning butun hajmini yetkazib berishga tayyor.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya ocharchilikka uchragan Afrika mamlakatlariga tekin g‘alla va o‘g‘it jo‘natishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu borada Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan kelishib olgan.
“Putin menga: “Keling, bu g‘allani bu mamlakatlarga tekinga (muhtoj mamlakatlarga. — tahr.) jo‘nataylik”, dedi. Biz kelishdik”, dedi Turkiya prezidenti.
Shu bilan birga, u G‘arbni o‘zi Afrikadagi ocharchilik muammolariga e’tibor bermasdan, boshqalarga insoniylik saboqlarini berishga urinayotganlikda aybladi.
“Biz Yevropani bog‘, qolgan dunyoni esa yovvoyi o‘t deb belgilaydigan mentalitetni ko‘rmoqdamiz. Odamlarni tili, teri rangi va mamlakatiga ko‘ra ajratuvchi bu buzuq qarash dunyomizni qanday halokatga olib kelganini juda yaxshi bilamiz”, deydi Erdog‘an.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
O‘tgan hafta oxirida Kiyev rejimi Sevastopolda rus kemalariga terakt uyushtirganidan so‘ng, Rossiya don bitimidagi ishtirokini to‘xtatdi, biroq Turkiya bilan muzokaralar olib borgach va Ukrainadan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi.
Shu bilan birga, Putin agar Kiyev o‘z majburiyatlarini buzsa, Rossiya shartnomadan chiqishini ta’kidladi. Ammo bu holatda ham u Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga Ukrainadan jo‘natilgan donning butun hajmini yetkazib berishga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0