Vengriya vaziri YeIni Ukraina masalasida “pashshadan fil yasash”da aybladi

© AFP 2023 / ATTILA KISBENEDEKFlag Vengrii
Flag Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya vaziri YeI Ukraina mojarosidan global muammo chiqarganini aytdi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklov choralari bilan Ukrainadagi mintaqaviy mojaroni global muammoga aylantirdi. Vengriya adliya vaziri Yudit Varga “National Interest”ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.
“YeI Rossiyaga qarshi joriy qilgan, lekin Yevropaning o‘ziga ko‘proq ziyon keltirayotgan aqlbovar qilmas cheklovlari bilan global muammoni yuzaga keltirdi. Ha, rossiyaliklar kamroq qazilma yonilg‘i sotapti, lekin narxlar ko‘tarilgani sabab ular shuning o‘zidan ko‘p foyda olyapti. Avvallari sanksiyalar oqibatlari bunday baholanmagan. Shunday qilib, Ukraina mojarosiga Vengriya nuqtayi nazaridan qarash, Yevropada qabul qilingan umumiy xulosadan farq qilishi mumkin”, degan vazir.
Uning fikricha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar YeIda energetika inqirozi va inflyatsiyaning o‘sishiga sabab bo‘ldi. Vazir Ukraina bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvni faqatgina Rossiya va AQSh ishlab chiqishi mumkinligiga ishonch bildirgan. Agar Donald Tramp va Angela Merkel kabi yetakchilar hokimiyatda qolganida Ukraina muammosi mintaqaviy darajasidan chiqmagan bo‘lardi, deya fikr bildirgan Varga.
Adliya vaziri AQShning Respublikachilar partiyasiga oraliq saylovlarda omad tilagan. Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, ammo bu AQSh va Yevropaning o‘zida yoqilg‘i narxining oshishi va rekord darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi.
Prezident Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi.
Yangiliklar lentasi
0