Armaniston va Ozarbayjon bir-birini chegarada o‘q uzganlikda aybladi

© Sputnik / Aram NersesyanArmanskie voyennoslujashie na odnoy iz pozitsiy bliz sela David Bek v Sunikskoy oblasti Armenii
Armanskie voyennoslujashie na odnoy iz pozitsiy bliz sela David Bek v Sunikskoy oblasti Armenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari Armanistonga “adekvat javob choralarini ko‘rgan”.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlarini dushanbaga o‘tar kechasi armanlarning chegaradagi pozitsiyalarini o‘qqa tutganlikda aybladi, Boku ham qarama-qarshi tomonning Ozarbayjon pozitsiyalariga qarshi o‘qotar qurol qo‘llaganini e’lon qildi.

“6 noyabrdan 7-noyabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalari Armaniston-Ozarbayjon chegarasining sharqiy qismida joylashgan arman pozitsiyalariga turli kalibrli o‘qotar qurollardan o‘t ochdi”, - deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi saytida.

Qayd etilishicha, Armaniston tomonidan yo‘qotishlar bo‘lmagan.

“Soat 08:00 (Toshkent vaqti bilan 09:00) holatiga ko‘ra, frontda vaziyat nisbatan barqaror”, - deyiladi xabarda.

“6 noyabr kuni soat 19:35 dan 21:50 gacha Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kalbajar tumanining Mollabayramli va Bazirxon aholi punktlari yo‘nalishida turli kalibrli o‘qotar qurollardan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutdi”, - deb Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari “munosib javob choralarini ko‘rgan”.
Armaniston va Ozarbayjon chegarasida vaqti-vaqti bilan otishmalar bo‘lib turadi. Oxirgi jiddiy keskinlashuv 13-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Yerevanning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon harbiylari Armanistonning chegaradosh hududlarini artilleriya va dronlardan o‘qqa tutgan. Bu hududlarning Qorabog‘ga hech qanday aloqasi yo‘q. Boku arman harbiylari Ozarbayjon qo‘shinlarining chegaradagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgani, to‘qnashuv bo‘lganini ma’lum qilgan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni tinchlik jarayonini buzish niyatida aybladi. Har ikki tomon o‘z harbiylari orasida qurbonlar borligini ma’lum qildi. Ertalab tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Grigoriy Karasinning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Armaniston va Ozarbayjon chegarasida sulh Rossiyaning sa’y-harakatlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi suhbat va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ishidan keyin erishilgan.
Yangiliklar lentasi
0