Baydenning AQShga qarshi qilgan eng yomon jinoyati aytildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishDjo Bayden, arxivnoe foto
Djo Bayden, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, so‘nggi to‘qqiz oy ichida AQSh rasmiylari tomonidan Meksika bilan chegarada hibsga olinganlar soni bir million kishidan oshdi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Fox News telekanali boshlovchisi Taker Karlson muhojirlar oqimining oshishi prezident Jo Baydenning AQShga qarshi qilgan eng yomon jinoyati deb atadi.
Gap meksikalik muhojirlarning Amerika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishi haqida ketmoqda.
Fox News muxbiri Bill Melujin chegaradagi Rio-Grande darosidagi vaziyatni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar Rio-Grandeni bir tekis chiziqda kesib o‘tadi va boshqa tomondan ularga hech qanday qarshilik ko‘rsatilmaydi. Muhojirlar Bayden ma’muriyati ostida Amerika tuprog‘iga qadam qo‘yish imkoniga ega bo‘lishsa, ularga ruxsat berilishini biladi, deyiladi reportajda.
“Muhojirlarga nisbatan bunday munosabat “mamlakatimizga qarshi qilingan eng dahshatli jinoyatdir”, deydi Karlson.
Lotin Amerikasi davlatlaridan AQShga migratsiya oqimi mintaqa davlatlarida pandemiya tufayli kuchaygan iqtisodiy qiyinchiliklar fonida tarixiy maksimal darajaga yetdi. So‘nggi to‘qqiz oy ichida AQSh rasmiylari tomonidan Meksika bilan chegarada hibsga olinganlar soni bir million kishidan oshdi.
AQSh chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 11 oy ichida AQSh hukumati Meksika bilan chegarada ikki milliondan ortiq muhojirni hibsga oldi, bu yillik hisobda 2021-yilga nisbatan ancha ko‘pdir.
Yangiliklar lentasi
0