Dubayda 35 qavatli osmono‘par binoda yong‘in chiqdi - video

© Pixabay / Ronald PlettOgon
Ogon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Yong‘in ichida qolgan osmono‘par bino shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi – dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa yaqinida joylashgan.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Dubay markazidagi osmono‘par binolardan birida yong‘in yuz berdi. Alanga deyarli barcha 35 qavatni qamrab oldi. Bu haqda mahalliy OAV voqea joyidan videolarni e’lon qilib, xabar bermoqda.
Alanga ichidagi bino arab olamining yirik developeri "Emaar" kompaniyasiga tegishli. Ko‘p qavatli bino Dauntaun tumanida, Dubayning asosiy diqqatga sazovor joyi – Burj Xalifa osmono‘par binosidan unchalik uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.
Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, alanga binoni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qamrab olgan. Ayni paytda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in sabablari ham noma’lum.
Guvohlarning aytishicha, yong‘in 7-noyabr kuni tunda boshlangan. Binoda signalizatsiya ishlamagan. Ta’kidlash kerakki, Dauntaun – amirlikdagi eng yirik qurilish loyihasi va bir vaqtning o‘zida shaharning eng kichik tumanidir. Unda butun dunyodan sayyohlarni jalb qiladigan diqqatga sazovor inshootlar joylashgan.
Dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa, yirik "Dubai Mall" savdo markazi hamda dunyodagi eng katta kuylab, raqsga tushuvchi favvoralar shular jumlasidan.
Yangiliklar lentasi
0