O‘n ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishProizvodstvo yuvelirnix izdeliy
Proizvodstvo yuvelirnix izdeliy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Birinchi dekabrdan zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda zargarlikda ham imkoniyatlar juda kengligi, mamlakatimizda 300 million dollarlik ichki bozor borligi ta’kidlandi. Bu talabni bemalol mahalliy zargarlar qondirishi mumkin.
Shu sababli ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 1-dekabrdan boshlab:
oltin va kumushga kechiktirib to‘lash uchun barcha banklar va Eksportni rag‘batlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi;
kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi;
oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi;
zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
- 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi (hozir 5 minggacha ruxsat berilgan).
Tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0