Rossiyalik ishlab chiqaruvchilar uchar taksini sertifikatlashni boshladi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishTestirovanie bespilotnogo avtomobilya
Testirovanie bespilotnogo avtomobilya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Birinchi tijoriy reyslar 2025-yilda boshlanishi rejalashtirilgan - tafsilotlar.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiyalik ishlab chiquvchilar Hover uchuvchisiz havo taksisini fuqarolik samolyoti sifatida ishlab chiqarishni sertifikatlashtirmoqda. Birinchi tijoriy reyslar 2025-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqida Hover startapi bosh direktori Aleksandr Atamanov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Aleksandr Atamanovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Moskva aviatsiya instituti mutaxassislari bilan birgalikda havo taksisini fuqarolik samolyoti sifatida ishlab chiqilgani bo‘yicha sertifikatlash ustida ishlanmoqda.

“Biz uni muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlayapmiz. Sertifikatlash jarayoni tez bo‘lmaydi. Biroq, biz, avvalgidek, ishonchimiz komilki, 2025-yilga kelib, bizning havo taksilarimiz tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mavjud bo‘ladi", deydi u.

Shuningdek, u kompaniya parvozlar xavfsizligi parametrlari yaxshilangan havo transportining yangi versiyasi ustida ish olib borayotganini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, mazku kompaniya 2019-yildan buyon dron ishlab chiqarmoqda. Ikki vertikal uchish va qo‘nish apparati 150 metr balandlikka ko‘tarilish va soatiga 200 kilometr tezlikka chiqish imkoniyatiga ega. Uning quvvati 40 daqiqaga yetadi.
Yangiliklar lentasi
0