O‘zbekiston OTMlarida Don davlat texnika universiteti vakolatxonasi ochilishi mumkin

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishDonskoy Gosudarstvenniy texnicheskiy universitet na ploshadi Gagarina v Rostove-na-Donu.
Donskoy Gosudarstvenniy texnicheskiy universitet na ploshadi Gagarina v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi bosh konsuli DDTU rektori bilan zamonaviy kadrlar tayyorlashda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi bosh konsuli Burxon Aliqulov Don davlat texnika universiteti (DDTU) rektori Besarion Mesxi bilan uchrashdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, tomonlar zamonaviy kadrlar tayyorlash va akademik almashinuv sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.
Besarion Mesxi DDTUning O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari, xususan, Buxoro davlat universiteti va "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti bilan hamkorligi darajasidan mamnunligini bildirdi.
“O‘zbekistonning ushbu universitetlarida DDTU vakolatxonasini ochish yuzasidan fikr almashildi. U, shuningdek, O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan ham akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi”, - deyilgan xabarda.
Suhbat chog‘ida veterinariya sohasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. DDTU Rossiya hududida “veterinariya” yo‘nalishi bo‘yicha aspirantura bosqichiga ega bo‘lgan yagona oliy o‘quv yurti hisoblanadi.
Besarion Mesxi soha dolzarbligini inobatga olgan holda, mazkur yo‘nalish O‘zbekiston uchun ham jozibador bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Don davlat texnika universiteti Rostovdagi yirik oliygohlardan biri. OTMda 100 dan ziyod yo‘nalishlarda bakalavriat va magistratura talabalari tahsil oladi. Hozirgi kunda Don davlat texnika universitetida 45 000 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Ulardan qariyb 3000 nafari 82 ta mamlakatdan kelgan chet ellik talabalar.
DDTX xizmat va turizm, aviasozlik, agrosanoat, bioinjeneriya vaveterinariya tibbiyoti, yo‘l-transport, innovatsion biznes va menejment, energetika kabi sohalarda mutaxassislarni tayyorlaydi.
Yangiliklar lentasi
0