Markaziy bankda nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi tashkil etildi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Apellyatsiya kengashi o‘z faoliyatini qanday olib borishi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Markaziy bankda nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qayd etilishicha, apellyatsiya kengashi jismoniy va yuridik shaxslar bilan Markaziy bank o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bilan shug‘ullanadi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosa beriladi”, - deyiladi xabarda.

Mazkur kengash faoliyati fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, nizolarni hal etishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan.
Ushbu kengash prezidentining 4754-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, prezident qarori bilan shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davergeodezkadastr, Pensiya jamg‘armasi hamda Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari eksperiment tariqasida tashkil etilgan.
Kengash tashkil etilishi jismoniy va yuridik shaxslarning bunday ishlar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.
Yangiliklar lentasi
0