O‘zbekistonlik yigitga Rossiyaning “Otashin yurak” mukofoti topshirildi

© Fond sotsialno-kulturnix initsiativLaureat Vserossiyskoy obshestvenno-gosudarstvennoy initsiativi "Gorachee serdse", uzbekistanes Mirzaulugov Shaxzod Bexzod ogli.
Laureat Vserossiyskoy obshestvenno-gosudarstvennoy initsiativi Gorachee serdse, uzbekistanes Mirzaulugov Shaxzod Bexzod ogli. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
“Otashin yurak” - butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi 2013-yildan Rossiya ichida 2020-yildan xalqaro miqyosda amalga oshirib kelinmoqda.
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Toshkentdagi "Rus uyi"da daroda cho‘kayotgan bolani qutqargan o‘zbekistonlik yigitga “Otashin yurak” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi matbuot xizmati.
“Toshkentdagi Rus uyi rahbari Mixail Vojdayev o‘zining tabrik so‘zida Shahzodga ko‘rsatgan jasorati uchun minnatdorlik bildirib, u kabi qahramonlar Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham borligini ta’kidladi”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning bahorida Shahzod Behzod o‘g‘li Mirzaulug‘ov Zarafshon tizmasida dam olayotgan vaqtida daryo suvida cho‘kayotgan bolani qutqarib qolgan edi. Bola sovuq suvda uzoq cho‘milishi oqibatida tomiri tortishib, cho‘ka boshlagan.
Talaba yigit jasorati uchun “Otashin yurak” Butunrossiya jamoat va davlat tashabbusi laureati bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Rossiyada “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi 2013-yildan buyon amalga oshirib kelinadi. Uning asosiy maqsadi o‘zining faol xatti-harakatlarini namoyon etgan, odamlarga beg‘araz yordam bergan 23 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlarni tabriklash va ularga minnatdorlik bildirishdir. Barcha laureatlarning nomlari va jasoratli hikoyalari har yili chiqadigan “Otashin yurak” Faxriy kitobiga kiritiladi
Tashabbusni Ijtimoiy-madaniy tashabbuslar fondi Rossiya vazirliklari bilan birgalikda amalga oshirmoqda. 2020-yildan buyon tashabbus xalqaro miqyosda amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0