Iqbol Mirzo maktablarda chaqiruvgacha tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

© senat.uzIkbol Mirzo predsedatel Komiteta Senata po voprosam molodeji, kulturi i sporta
Ikbol Mirzo predsedatel  Komiteta Senata po voprosam molodeji, kulturi i sporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari o‘zbek maktab o‘quvchilarining chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarligini kuchaytirish zarurligini tushuntirdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, deputat, O‘zbekiston xalq shoiri Iqboljon Mirzaaliyev (Iqbol Mirzo) maktab o‘quvchilarini chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Deputatning ma’lum qilishicha, bundan 10-yil avval respublika Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi mutaxassislar yetishmasligi sababli respublika maktablarida chaqiruvgacha bo‘lgan dastlabki tayyorgarlik fanini qoniqarsiz deb topgan.

"Umuman olganda, bu fanga kam e’tibor qaratilgan. Hozir maktablarning atigi 3 foizida to‘liq harbiy tayyorgarlik uchun zarur jihozlar mavjud. Ko‘pgina boshqa maktablarda hattoki saf tortish maydonchalari ham yo‘q", - deydi Mirzo.

Deputat mazkur fan o‘smirlarni urushga tayyorlash emas, balki qiziqarli dars ekanligini ta’kidladi.

“Har qanday o‘smir Vatan himoyachisi bo‘lib ulg‘ayishi, qo‘lida qurol tuta bilishi kerak. Afsuski, mening so‘zlarimni noto‘g‘ri talqin qilishmoqda. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar boshlang‘ich o‘quv mashg‘ulotlarida hech qanday yomon narsa yo‘q. Ertaga yigitlarning armiyada xizmat qilishlari oson bo‘ladi. Ushbu fan inson xulq-atvorini shakllantiradi. Bu unga erkaklik tuyg‘usini singdiradi, tartib-intizomga, or-nomusga o‘rgatadi”, - deydi deputat.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gap maktablarda qurol tarqatish haqida umuman ketayotgani yo‘q.

“Men har qanday zo‘ravonliklarga qarshiman, men birinchi navbatda ta’lim-tarbiya haqida gapiraman”, - deya xulosa qildi Iqbol Mirzo .

Yangiliklar lentasi
0