https://oz.sputniknews-uz.com/20221109/jigar-transplantatsiyasi-otkazilgan-bemorlar-uchun-bepul-tibbiy-korik-tashkil-etilmoqda-29846814.html
Jigar transplantatsiyasi oʻtkazilgan bemorlar uchun bepul tibbiy koʻrik tashkil etilmoqda
Jigar transplantatsiyasi oʻtkazilgan bemorlar uchun bepul tibbiy koʻrik tashkil etilmoqda
Jarayonga rossiyalik mutaxassislar ham jalb qilingan. Barcha maslahat va tekshiruvlar tajribali shifkorlar koʻrigi asosida tashkil etilyapti. 09.11.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-11-09T21:13+0500
2022-11-09T21:13+0500
2022-11-09T21:13+0500
jamiyat
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/0b/09/29846152_0:101:1080:709_1920x0_80_0_0_cdefb46ed0d14e68207ba7992892ed45.png
TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. 7 noyabrdan akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jigar transplantatsiyasi boʻyicha bepul tibbiy koʻriklar boshlandi.Oʻzbekistonda va xorijda jigar transplantatsiyasi bajarilgan bemorlar, shu jumladan, bolalar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.Barcha maslahat va tekshiruvlar tajribali shifkorlar koʻrigi asosida tashkil etiladi. Oʻzbekistondan tibbiyot fanlari doktori, professorlar Mirshavkat Akbarov, Aʼzam Bobojonov, Rossiyadan tibbiyot fanlari nomzodi, jarroh transplantologlar Timur Djanbekov, Konstanti Smesh malakali koʻriklarni oʻtkazishmoqda.Tibbiy koʻrikka kelgan har bir bemordan shaxsiy varaqasida mavjud boʻlgan tibbiy hujjatlar: kasallik tarixidan koʻchirma, tekshiruvlar, elektron vositalar, shu jumladan CD-disklar olib kelishi kerak. Bemor qorni och holatda (ovqatlanmagan) boʻlishi talab etiladi.Jigar bilan bogʻliq tsirroz va boshqa terminal kasalliklarni davolash butunjahon tibbiyotida katta tajriba talab etadi. Oʻzbekistonning mintaqaviy patologiyasi sifatida jigar bilan bogʻliq xastaliklar koʻp uchraydi. Uni davolashning samarali usuli transplantatsiya sanaladi.“Oʻzaro tajriba almashish uchun markaz mutaxassislari Rossiya akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantatsiya va sunʼiy organlar markazida muntazam ravishda amaliyot oʻtaydilar. Shu bilan birga, Belarus bilan hamkorlikda Minsk jarrohlik va transplantatsiya va gemotologiya ilmiy-amaliy markazida (GU “Minskiy nauchno-prakticheskiy tsentr xirurgii, transplantologii gematologii”) ham oʻquv kurslarida ishtirok etishgan”, - deydi Ismoilov.Jigar transplantatsiyasi bilan bogʻliq bepul maslahat va tekshiruvlar 12 noyabrga qadar davom etadi.Tibbiy koʻriklarga quyidagi havolada keltirilgan telefon raqamlari yordamida yozilish mumkin.Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda jigar transplantatsiyasi dasturini rivojlantirishning yangi bosqichi akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Rossiyaning akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantologiya va sunʼiy organlar milliy tibbiyot ilmiy markazi oʻrtasida memorandum imzolanishi bilan boshlangan.Oʻtgan yili Vohidov markazining malakali mutaxassislari ortotopik jigar transplantatsiyasi operatsiyasini ilk bor mustaqil ravishda amalga oshirishgan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/0b/09/29846152_0:0:1080:810_1920x0_80_0_0_7eca6a0f640deefbfdd4ef498e2d1819.pngSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
Jigar transplantatsiyasi oʻtkazilgan bemorlar uchun bepul tibbiy koʻrik tashkil etilmoqda
Jarayonga rossiyalik mutaxassislar ham jalb qilingan. Barcha maslahat va tekshiruvlar tajribali shifkorlar koʻrigi asosida tashkil etilyapti.
TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. 7 noyabrdan akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jigar transplantatsiyasi boʻyicha bepul tibbiy koʻriklar boshlandi.
Oʻzbekistonda va xorijda jigar transplantatsiyasi bajarilgan bemorlar, shu jumladan, bolalar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Barcha maslahat va tekshiruvlar tajribali shifkorlar koʻrigi asosida tashkil etiladi. Oʻzbekistondan tibbiyot fanlari doktori, professorlar Mirshavkat Akbarov, Aʼzam Bobojonov, Rossiyadan tibbiyot fanlari nomzodi, jarroh transplantologlar Timur Djanbekov, Konstanti Smesh malakali koʻriklarni oʻtkazishmoqda.
“Hozircha 4 kun ichida 30 dan ortiq bemorlar tekshirildi va aniq tashxislar qoʻyilib, tibbiy maslahatlar berildi. Jarayonga rossiyalik mutaxassislarning jalb qilingani bizga ancha samara bermoqda. Chunki oʻzaro hamkorlikda tajriba almashish ham yoʻlga qoʻyilgan”, - dedi Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Saydimurod Ismoilov
Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Tibbiy koʻrikka kelgan har bir bemordan shaxsiy varaqasida mavjud boʻlgan tibbiy hujjatlar: kasallik tarixidan koʻchirma, tekshiruvlar, elektron vositalar, shu jumladan CD-disklar olib kelishi kerak. Bemor qorni och holatda (ovqatlanmagan) boʻlishi talab etiladi.
Jigar bilan bogʻliq tsirroz va boshqa terminal kasalliklarni davolash butunjahon tibbiyotida katta tajriba talab etadi. Oʻzbekistonning mintaqaviy patologiyasi sifatida jigar bilan bogʻliq xastaliklar koʻp uchraydi. Uni davolashning samarali usuli transplantatsiya sanaladi.
“Oʻzaro tajriba almashish uchun markaz mutaxassislari Rossiya akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantatsiya va sunʼiy organlar markazida muntazam ravishda amaliyot oʻtaydilar. Shu bilan birga, Belarus bilan hamkorlikda Minsk jarrohlik va transplantatsiya va gemotologiya ilmiy-amaliy markazida (GU “Minskiy nauchno-prakticheskiy tsentr xirurgii, transplantologii gematologii”) ham oʻquv kurslarida ishtirok etishgan”, - deydi Ismoilov.
Jigar transplantatsiyasi bilan bogʻliq bepul maslahat va tekshiruvlar 12 noyabrga qadar davom etadi.
Tibbiy koʻriklarga quyidagi havolada keltirilgan telefon raqamlari yordamida
yozilish mumkin.Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda jigar transplantatsiyasi dasturini rivojlantirishning yangi bosqichi akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Rossiyaning akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantologiya va sunʼiy organlar milliy tibbiyot ilmiy markazi oʻrtasida memorandum imzolanishi bilan boshlangan.
Oʻtgan yili Vohidov markazining malakali mutaxassislari ortotopik jigar transplantatsiyasi operatsiyasini ilk bor mustaqil ravishda
amalga oshirishgan edi.