Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning ta’lim tizimida rahbar bo‘lishi cheklanadi

© SputnikShkola №30 v Buxare gotovitsya prinyat uchenikov
Shkola №30 v Buxare gotovitsya prinyat uchenikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi muqaddam sudlangan shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbarlik lavozimlariga tayinlanishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning xalq ta’limi tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishi cheklanadi. Bu bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish maqsadida hujjat loyihasini ishlab chiqdi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining maqsadi jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning xalq ta’limi tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishini cheklashdan iborat.
Quyidagilar umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishi taqiqlanadi:
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
psixiatriya yoki narkalogiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbarlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (sudlanganlik holati tugatilganligi, olib tashlanganligidan qat’i nazar) shaxslar;
jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlarni (qasddan) sodir etgan shaxslar.
Hujjat loyihasini ishlab chiqish davomida Belorus, Gruziya, Rossiya, Fransiya va Qozog‘iston tajribasi o‘rganildi.
Mazkur qonun loyihasi prezidentning PF-134-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturining 10-pozitsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0